Madridning "Real" klubi himoyachisi Rafael Varan EChL doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan keyin quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.
"Men o'z yuzimni ko'rsatmoqchiman. Bu mening mag'lubiyatim. Javobgarlikni o'z zimmamga olaman. Biz yaxshi tayyorlandik, biroq bunday muhim o'yinlarda xatolar qimmatga tushadi. Men buni tushuntira olmayman. Futbolda hamma narsa sodir bo'lishi mumkin. Bu men uchun juda qiyin o'yin bo'ldi", -dedi Varan.
Eslatib o'tamiz, Varannning qupol xatolaridan so'ng, "Real" mag'lub bo'lib, EChL bilan xayrlashgan edi.