Jarima zarbalari futbolning ajralmas bir bo'lagi sanaladi. Shu sababli, uni ajoyib ijro etuvchi futbolchilar doimo omma e'tiborida bo'lgan. Bugun Stadion.uzo'z zarbalari bilan darvozabonlarning tushlariga kirib chiqqan futbolchlardan tashkil topgan ramziy jamoani e'tiboringizga havola etadi.
Darvozabon. Rojerio Seni
Braziliyalik kipper futbol olamining tirik afsonasi sanaladi. U sayyoramizdagi eng sermahsul darvozabon unvoni ancha yillardan beri hech kimga bermay kelmoqda. E'tiborlisi shundaki, qahramonimiz 23 yil mobaynida faqat Braziliyada to'p suradi va shunda ham katta mashhurlikka erishadi.Rojerio o'z faoliyati davomida 131 ta gol kiritgan bo'lib, ularning 64 tasi jarima zarbalari sababli to'rdan o'rin olgan. Shunchaki, qoyil qolmaslikning iloji yo'q. Aynan u darvozabonlar haqida futbol olamining fikrini o'zgartirishga majbur qilgan inson sifatida tarixda qoladi!
Chap qanot himoyachis. Roberto Karlos
Bu nuqtada oradan 30-40 yil o'tsa ham baribir Karlos o'rin egallashi aniq. sababi, uning darajasidagi standartlar ijrochisini yana katta sahnaga chiqishiga ishonich juda mushkul.
Uning 1997-yilda Frantsiya darvozasiga kiritgan goli futbol tarixidagi eng zo'r jarima zarbasi bo'lib qolishiga ishonchimiz komil.
Markaziy himoyachi. Sinisha Mixaylovich
Serbiyalik futbolchida ko'plab kamchiliklar mavjud edi. U taktika borasida biroz oqsar, tezlik bobida ham maqtana olmas edi. Shunga qaramay, uning super jarima zarbalari futbol afsonasi bo'lishi uchun kifoya qildi. “Lattsio” safida “Sampdoria”ga qarshi uchrashuvda jarima zarbalaridan 3 ta gol kiritgan futbolchi o'z nomini tarixga o'chmas qilib yozib ketdi. Hali birorta futbolchi u singari bir o'yinda 3 ta standart ijro etib 3 ta gol kiritmagan.
Markaziy himoyachi. Ronald Kuman
Gollandiya futboli tarixidagi eng kuchli futbolchilardan biri ham o'zining kuchli zarbalari bilan muxlislar yodida qolgan.
Faoliyati davomida 200 dan ortig' gol kiritgan markaziy himoyachi futbol tarixidagi eng sermahsul himoyachi sanaladi. Ushbu gollarning deyarli 60 dan ortig'i aynan jarima zarbalaridan so'ng Kuman hisobiga yozilgani uchun ham u bugungi jamoamizdan o'rin olmoqda.
O'ng qanot himoyachisi. Dario Srna
Xorvatiyalik futbolchi allaqachon “Shaxtyor”ning timsoliga aylanib ulgurgan desak, adashmagan bo'lamiz. 15 yil davomida Ukriana klubida faoliyat olib borgan himoyachi juda ko'p sovrinlar yutibgina qolmay, ajoyib jarima zarbalari bilan ham muxlislar olqishiga sazovar bo'lgan. Uning hisobida 50 dan ortiq aniq ijro etilgan jarima zarbalari mavjud. Bu o'ng qanot himoyachisi uchun shunchaki fantastik ko'rsatgich!
Yarim himoyachilar. Ziko
Bir paytlar “Bunyodkor” jamoasi murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan Ziko ham standartlar ustasi sifatida ommaga tanilgan.
80-yillarda Ziko sayyoramizdagi eng kuchli zarba egasi edi. Aslida uning karerasi davomida jarima zarbalaridan kiritilgan gollar 100 ta, biroq Evropa nashrlari bu ko'rsatgich alsida 62 ta deb hisoblaydi.
Junino
Yangi asr boshida bu yigit ijro etgan jarima zarbalari deyarli gol bilan yakunlashini darvozabonlar ham his etib turar edi. Hatto, “Lion” Juninoga ishonib standarlarga suyangacha himoyada o'yin o'tkazgan davrlar ham bo'lgan.
Braziliyalik futbolchi to'p treaktoriyasini juda yaxshi his etar, va uning zarbalari darvozaga yaqin kelganida o'z yo'nalishini keskin o'zgartirar edi. Ushbu sirni uzoq muddat “Lion” afsonasi yashirib keldi.
Afsonaviy futbolchi faoliyati davomida 77 ta golni aynan jarima zarbalari orqali darvozaga yo'llashga muvaffaq bo'lgan. E'tiborlisi shundaki, ushbu zarbalarning deyarli 70 foizi 30 metrdan uzoqroq masofalardan kiritilgan.
Chap qanot yarim himoyachisi. Ronaldino
O'z xarizmasi bilan maydonda baliqdek suzgan Ronaldinoning jarima zarbalari ham hali-hamon “YouTube”datomosha qilinmoqda. Bu zarbalar allaqachon klassikaga aylanib ketgan.
17 yillik faoliyati davomida Roni 66 bor standartlarni golga aylantirishga muvaffaq bo'lgan.
O'ng qanot yarim himoyachisi. Devid Bekxem
Beks dunyoning eng kuchli futbolchisi emas, biroq standartlar borasida uning oldiga hech kim tusha olmaydi. O'z zarbalarini tashrif qog'oziga aylantirgan ingliz bugungi jamoamizning sardori etib ko'rsatilsa, adolatdan bo'ladi.
Shaxsan Roberto Karlos tomonidan sayyoramizning eng kuchli standart ijrochisi deb ta'riflangan Devid 57 bor jarimadan gol kiritishga muvaffaq bo'lgan. Ular orasida Grettsiya darvozasiga so'nggi soniyalarda urilgan golni alohida ko'rsatgan bo'lar edik.
Hujmchilar. Diego Maradona
Maradona nafaqat super hujumchi, balki yaqin masofadan jarima zarbalarini ijro etish borasida ham chinakam professional edi.
20-25 metr oralig'idagi zarbalardan 60 ta gol kiritgan Diegoni bugungi ro'yxatga kiritmaslikning iloji yo'q. Uning buyuk futbolchi ekanligi sababli, bu omil ko'pchilikning e'tiboridan chetda qolib ketgan.
Pele
Ko'plab mutaxssislarning fikricha, futbol qiroli har bir aspektlarda barchadan uztun bo'lgan. Hatto jarima zarbalari ijrosida ham! Uning o'z zarba berish uslubi mavjud edi. Shu sababli, kipperlar uning zarbalarini bartaraf etishga juda qiynalishgan.
Pele o'z faoliyati davomida 100 dan ortiq golni aynan jarima zarbalaridan kiritgan bo'lsada, mutaxassislar bu gollarning faqat 70 tasinigina rasman tan olishgan.