29 yoshli kolumbiyalik futbolchi franciyalik mutaxassisdan 5 iyul kuni bo'lib o'tgan "Atletiko"ga qarshi o'yinda unga xordiq chiqarish imkoniyatini so'ragan.
Zidan esa o'z o'yinchisi istagini qondirdi va shu bilan birga unga boshqa imkoniyat bermaslikka qaror qildi.
SHunday ekan, Xames "qaymoqranglilar" safidagi so'nggi o'yinini o'tkazgan va o'ziga yangi klub izlamoqda. Uning bo'lajak klubi "Atletiko" bo'lishi ehtimoldan yiroq emas. Xavbekka shuningdek PSJ va "Arsenal" klublari ham qiziqmoqda.