"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida "Real"ga qarshi bo'ladigan o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Real" yoki boshqa jamoaga qarshi o'ynashimdan qat'iy nazar, men "Barselona" muxlisi bo'lib qolaman. Bu klub ko'p jihatdan mening shaxsiyatimni shakllantirgan. Agar "Barsa"ga qarshi o'ynashga to'g'ri kelsa, men kataloniyaliklarni mag'lub etishni istayman. Bu erda g'ayritabiiy hech narsa yo'q. Jamoamiz keyingi bosqichga chiqishi uchun g'alaba qozonishni xohlayman.
Zidanning taktikasini taxmin qilish qiyin. O'zing bilgan narsa haqida o'ylasang, u boshqa chora qo'llaydi. Biz "Real"ning restartdan keyingi barcha o'yinlarini ko'rib chiqdik. Ular o'yinni qanday boshlashi mumkinligini taxmin qilib ko'rdik. Lekin biz ko'proq o'zimiz qilishimiz kerak bo'lgan ishga e'tiborni qaratyapmiz", — dedi Gvardiola UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Madridda bo'lib o'tgan dastlabki uchrashuvda "shaharliklar" 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan edi.