Madridning "Atletiko" klubi "Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Pedro Parrado xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, Madridning ikki klubi futbolchining narxi borasida muzokarlar o'tkazmoqda. "Real" Xamesni hamshaxarlariga sotishga qarshi emas.
Eslatib o'tamiz, Rodrigesga shuningdek, "Manchester Yunayted" va PSJ klublari ham qiziqish bildirmoqda.