"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino "Real"ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyasning faoliyatini yakunlash to'g'risidagi qarori haqida gapirdi.
"Biz aql-zakovat va etuklik tufayli bir-birimizni hurmat qildik. Yillar o'tib, do'stlik paydo bo'ldi. Kasilyas — ajoyib futbolchi. U o'z ismini "Real", Ispaniya terma jamoasi va jahon futboli tarixiga yozib qo'ydi. Men u bilan birga rekordlar o'rnatdim. O'sha paytda shaxsiy emas, professional sifatlarga asoslanib, boshqa darvozabonni tanlashga majbur bo'lganman. Bu juda qiyin bo'lgan", — dedi Mourino.