UEFA juma kuni Chempionlar ligasining 1/8 finali javob o'yinlarini boshqaradigan hakamlar nomini e'lon qildi.
Unga ko'ra, Feliks Brix "Manchester Siti" va "Real" o'rtasidagi uchrashuvda ishlaydi. Uning yordamchilari Mark Borsh va Shtefan Lupp, zaxira hakami - Daniel Zibert (barchasi Germaniyadan).
"Yuventus" va "Lion" o'rtasidagi uchrashuvni esa Feliks Tsvayer boshqaradi. Unga Orsten Shiffner va Marko Axmuller (ikkalasi Germaniyadan), shuningdek, zaxira hakami Tasos Sidiropulos (Gretsiya) yordam beradi.
Ikkala o'yin ham Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.