Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino «Real» bilan ichki musobaqalarda bir martadan g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lgan edi.
2013 yilda u jamoani tark etmoqchi bo'lganida, «Real» rahbariyati uni qo'yib yuborishga shoshilmaganini aytdi.
«Men ishning eng qiyin qismini bajarib bo'lgan edim. Ammo rahbariyat meni saqlab qolishga harakat qildi. Hech kim mening ketishimni istamadi. Shundan so'ng, rahbarlarga yolvorishga majbur bo'ldim. «MYu»da bunday voqea yuz bermaydi. Bu erdan ketishni istamayman» - dedi Joze AS xabarida.