«Real» yarim himoyachisi Kazemiro jamoadoshi Garet Beylni qo'llab-quvvatladi.
«Har bir futbolchi qiyin damni boshidan kechirilishi mumkin. Beyl ishlamoqda. Hozir faoliyatidagi yaxshi palla emasligini u bilib turibdi. Lekin u ishlamoqda. Klub va murabbiy uni qo'llab-quvvatlaydi...
U biz uchun muhim o'yinchi. Chunki u istalgan paytda barchani qoyil qoldirishi mumkin. U buni isbotlagan. U o'zining eng yaxshi formasida jahonning eng kuchli uch futbolchisi safiga kirgan. Lekin hozir, tan olish kerak, Beyl yaxshi formada emas», — dedi Kazemiro "AS" nashriga bergan intervyusida.
Uelslik futbolchi 2019/20 yilgi mavsumda «Real» safida barcha musobaqalar doirasida 20ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.