«Real» yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini "PSJ"da davom ettirishi mumkin. 29 yoshli futbolchining agenti Jorje Mendesh uning xizmatini parijliklarga taklif qildi.
Avvalroq kolumbiyalik futbolchiga «Manchester Yunayted» asosiy da'vogar sifatida tilga olingan edi. Mankunianliklar Xames uchun «Real»ga 25 million evro taklif qilishgan bo'lsa, madridliklar 35 mln evro talab qilishmoqda. «PSJ» esa "Qirollik klubi" talab qilgan summani to'lashga tayyor, deya xabar tarqatdi Le10Sport.
Ispaniya chempionatining yakunlangan mavsumida Xames Rodriges atigi 7ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golga uzatma berdi. Uning «Real» bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi.