«Real» himoyachisi Marselo faoliyati davomida qaysi o'yinchiga qarshi o'ynash eng qiyin bo'lganini aytib o'tdi.
«Bilasizmi, barcha «Real»ga qarshi go'yoki hayotidagi eng so'nggi uchrashuvda o'ynayotgan harakat qiladi.
Ko'p hujumga qo'shilganim uchun, menda kim bilandir to'qnash kelish ehtimoli yuqori.
Eng qiyini... Men hech qachon Krishtianuga qarshi o'ynamaganman. O'ylashimcha, bu — Messi. Boshqa o'yinchini aytish ikkiyuzlamachilik bo'lardi. Lekin ko'p futbolchilarga qarshi o'ynash qiyin bo'lgan. O'z vaqtida Xesus Navas… Esimda bor, «Sevilya»ga qarshi o'yindan keyin meni uch hafta tanqid qilishgan edi», – dedi Marselo.