"Men uchun Ramos — dunyoning eng yaxshi himoyachisi. Men "Real"da o'ynaganimda, u 21 yoki 22 yoshli tinib-tinchimas o'yinchi edi. U hamma joyda paydo bo'lishni xohlardi. Erkin zarbalar, burchak to'plari - hamma erda.
Endi hammasi boshqacha, u diqqatini bir joyga jamlashni o'rgandi. Serxio g'alabaga chanqoq va maqsadiga erishish uchun barcha qobiliyatlaridan foydalanadi. Ramos o'zining kuchli tomonlarini biladi, shuning uchun u "Real" uchun eng muhim o'yinchilardan biriga aylandi. Uning tanasi aql bovar qilmas darajada, u mashina.
Bir kuni kuni o'yinni tomosha qilayotib, “U o'zi necha yoshda? 34 mi?" deb yubordim. U yana olti yil o'ynashi mumkinligiga ishonaman. Men Serxioni hurmat qilaman”, - deydi van der Vart.