«Real» hujumchisi Karim Benzema faoliyatiga eng ko'p ta'sir qilgan sportchilar haqida gapirdi.
«Ochig'i, aniq bir javob yo'q. Ko'pchilik meni ilhomlantiradi, lekin keling, misol qilib futbolchini olaylik. Braziliyalik Ronaldo tufayli men futbolga mehr qo'yganman. Barchasi uning o'yini va harakatlari tufayli, buni hamma biladi.
Umuman olgandami? Basketbolning ashaddiy muxlisi bo'lmasam-da, Maykl Jordanni aytgan bo'lardim. Uning «Chikago»da qilgan ishlari tahsinga sazovor.
Yana bir sportchi? Ehtimol, Mayk Tayson, chunki Tayson – bu kuch», deydi Benzema.
Ma'lumot uchun, Benzema 2009 yildan beri «Real» sharafini himoya qilib keladi. Bungacha u «Lion» safida to'p surgan. 32 yoshli futbolchi shu vaqt mobaynida «qirollik klubi» bilan 19 ta sovrinni qo'lga kiritgan.