"Latsio" yozgi transfer vaqtida "Real" hujumchisi Borxa Mayoralni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Rimliklar futbolchi borasida muzokaralarni boshlab yuborgan.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabariga ko'ra, "burgutlar" futbolchi uchun yiliga 2,2 million evro maosh to'lashga tayyor. "Real"ga esa 15 million evro o'tkazib beradi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "qaymoqranglilar" Mayoralni 30 million evrodan kamiga qo'yib yubormasligi haqida xabarlar tarqalgandi.