«Milan» rahbariyati taniqli futbol agenti Jorje Mendesh bilan suhbat chog'ida uning mijozi hisoblangan «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning rejalari bilan qiziqqan.
Ma'lumotlarga qarganda, milanliklar bosh direktori Marko Fassone va spor direktor Massimo Mirabelli Mendeshdan agar Ronaldu Madridni tark etishni istasa, bu haqda ularni xabardor qilishni so'rashgan.
Avvalroq portugaliyalik futbolchi soliqlar bilan bog'liq muammolar tufayli «Real»ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo keyinroq Ronaldu "Qirollik klubi"da qolshini ma'lum qildi.