«Real» himoyachisi Eder Militao Madrid klubiga moslashuvi, Serxio Ramos va Zayniddin Zidan haqida gapirdi.
— Mashg'ulotlarda va kundalik hayotda sizni kim ko'proq ajablantirdi?
— Men har doim televizorda Serxio Ramosning o'yinini ko'rib, hayratga tushardim. Uni o'z ko'zlaringiz bilan ko'rish — aqlga sig'maydigan narsa.
U o'z ambitsiyasiga ega ajoyib o'yinchi. Kroos va Modrichni ham aytib o'tgan bo'lardim. Shunchaki ajoyib o'yinchilar.
— Zidan bosh murabbiy bo'lib kelganida, siz jamoada edingiz. Til topishishda muammolar bo'lmadimi?
— Tezda til topishdik. U har doim men bilan o'yin oldidan yoki undan bir necha kun oldin gaplashadi. U mendan yaxshiroq ishlashimni so'raydi.
— Futbolchi va murabbiy sifatida afsonaviy Zidanning jamoaga juda ham yaqin ekanligi sizni hayron qoldirmadimi?
— Yo'q, men aynan shuni kutgandim.
— Ramosni qanday tasvirlagan bo'lardingiz?
— Gladiator.
Ma'lumot uchun, 22 yoshli Eder Militao 2019 yilning mart oyidan beri «qirollik klubi» futbolchisi hisoblanadi. U Ispaniya La Ligasining 2019/20 yilgi mavsumida 15 ta o'yin o'tkazdi.