Madridning "Real" klubi futbolchisi Eden Azar o'zining jamoadagi roli haqida fikr bildirdi.
"Men faqat gol urish haqida o'ylamayman. Bir qator futbolchilar faqat mana shu haqda o'ylaydi, lekin men ular toifasidan emasman. Men vaziyatlar yaratishni bilaman. Men ko'p uradigan mashina emasman. Men pas berishni afzal ko'raman. Men chiroyli gol yaratishni, so'nggi daqiqada jamoangga g'alaba olib keladigan gol kiritilgandagi hissiyotni yaxshi ko'raman", - dedi Azar AS bilan suhbatda.
Azar joriy mavsum La Ligada 16 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol kiritdi. U ko'p vaqtini jarohatini davolash bilan o'tkazdi.