Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi sobiq futbolchisi Ueyn Runi «Manchester Siti» hamda «Real» klublarining EChLdagi o'yinidan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Manchester klublari endi Chempionlar Ligasida g'alaba qozonish uchun bunday imkoniyatlarga ega bo'lmasliklari mumkin. Turningning amaldagi g'olibi chorak finalda qolib ketdi. «Bavariya» avvalgi yillargadek kuchli emas deb hisoblayman. Qolaversa, «Siti» dastlabki turda «Real»dan ustun kelgan. Bu keyingi bosqichga yo'l olish uchun ajoyib imkoniyat.
Xosep Gvardiola «Manchester Siti» bilan EChLda g'olib chiqishni xohlayotganini barchamiz yaxshi tushunib turibmiz. Agar ushbu g'alaba qo'lga kiritilsa, bu klubning rivoji uchun oldinga tashlangan qadam bo'ladi.
«Real» klubiga qarshi juma kuni bo'lib o'tadigan uchrashuv Angliyaning etakchi klubi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. O'sha kuni Ramos o'ynamaydi va bu "Siti" uchun ustunlikni beradi. Maydon egalari o'sha kuni maydonga kim xo'jayin ekanliklarini ajratib olishlariga shubha qilmayman. Lekin, meni «shaharliklar»ning himoyasi xavotirga solmoqda, — dedi Ueyn Runi.