"Tottenxem" klubi sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino nima uchun «Real»ni boshqarishdan bosh tortganiga izoh berdi.
"Har bir murabbiy iste'foga tayyor turishi kerak. Chunki "Tottenxem"dan iste'foga chiqqanim men uchun kutilmagan hol bo'lmadi. "Real" taklif bilan chiqqan paytda "shporlar" bilan shartnomani bekor qilmaganimdan afsuslanamanmi? Men "Tottenxem"da baxtli edim. Shuning uchun bajonudil yangi shartnomaga imzo chekdim.
Biz ortiqcha muammosiz xayrlashdik. Hozir "Tottenxem" bilan munosabatlarim yaxshi. Biz ham xatolarga yo'l qo'yganimizni hamisha takrorlayman. Yakun esa shunday bo'ldi. Ammo vaziyatni o'zgartirish uchun ko'proq qo'llab-quvvatlanishga umid qilgandik. Yakunda esa yo'llarimiz ayro tushdi. Chunki har ikki tomonga tanaffus kerak edi", – dedi Pochettino.
Eslatib o'tamiz, argentinalik mutaxassis 2019 yilning noyabr oyida iste'foga chiqarilganidan buyon ishsiz yuribdi. "Shporlar" uning qo'lostida birorta sovrinni qo'lga kiritishmadi, ammo Evropa chempionlar ligasi finaliga qadar etib borishdi. Pochettino, o'z vaqtida "Real"ni boshqarishga nomzod murabbiylardan biri bo'lgandi.