"Real" himoyachisi Eder Militao Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida bo'ladigan "Manchester Siti"ga qarshi o'yin borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
— "Man Siti"ga qarshi o'yinda boshlang'ich tarkibda maydonga tushasiz. Bu haqda nima deya olasiz?
— Bu kuchli hayajon. Men uchun o'ziga xos vaziyat. Ramos maydonda bo'lmaydi. Shuning uchun maydonda yurakdan harakat qilishim kerak.
— "Man Siti" safida siz uchun eng xavfli o'yinchi kim?
— Ularning barchasi kuchli futbolchilar. Men esa Gabriel Jezusni aytishim mumkin.
— "Real" safida hali gol urmadingiz. Klub safidagi ilk golingizni qanday tasavvur qilasiz?
— Manchesterda gol uraman deb umid qilaman. G'alabani to'pini bosh bilan kiritaman. Lekin unda qanday nishonlashni bilmayman. Imkonsiz narsaning o'zi yo'q. Shuning uchun ilk golimni shunday tasavvur qilaman.
— O'yin oldidan "Real" muxlislariga nima degan bo'lardingiz?
— Hurmatli muxlislar. "Siti"ga qarshi o'yinda sardorimiz maydonda bo'lmaydi. Men esa yaxshi o'yin ko'rsatmoqchiman. Menga ishoning. Biz g'alaba qozonamiz
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" va "Real" o'rtasidagi o'yin 7 avgust kuni bo'lib o'tadi.