«Real» sardori Serxio Ramos diskvalifikatsiyaga uchraganiga qaramay, Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan «Manchester Siti»ga qarshi safardagi o'yinga jamoa bilan birga yo'l oladi.
Futbolchi jamoadoshlarini ruhlantirish va ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida shunday qilmoqchi. U jamoa etakchisi sifatida bu vazifani bajarmoqchi. Ispaniya futbolchining fikricha, «Real» Madriddagi o'yinda «Siti»ga nohaq yutqazgan. Shu bois, "Qirollik klubi" o'yin taqdirini hal qilishiga ishonmoqda.
Eslatib o'tamiz, Ramos dastlabki uchrashuvning 87-daqiqasida maydondan chetlatilgani bois javob bahsida ishtirok eta olmaydi.
«Siti» va «Real» jamoalari o'rtasidagi o'yin 7 avgust kuni "Etixad" stadionida bo'lib o'tadi.