«Real» hujumchisi Borxa Mayoral faoliyatini «Latsio»da davom ettirishga yaqin turibdi. Rimliklar futbolchining transferi borasida muzokaralarni yakunlash arafasida turishibdi.
"Marca" tarqatgan xabarga ko'ra, 23 yoshli futbolchi uchun "Latsio" 20 million evro to'lashga tayyor.
Mayoral 2019/2020 yilgi mavsumni ijara asosida «Levante»da o'tkazdi. Hujumchi 34ta uchrashuvda maydonga tushib, 9ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.