"Milan" rahbarlari mashhur futbol agenti Jorje Mendesh bilan muzokara o'tkazgan va unga Krishtianu Ronaldu borasida ma'lumotlarni yetkazib turishni so'ragan.
Italyanlar bosh direktori Marko Fassone va sport-direktori Massimo Mirabelli Mendeshdan agarda Ronaldu boshqa jamoaga ketishni xohlasa birinchilardan bo'lib "Milan"ga aytishni ta'kidlagan.