«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida bo'ladigan «Real»ga qarshi o'yin borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Real» — har tomonlama juda kuchli jamoa. Bu jamoa mening kuchli bo'lishimga yordam bergan. «Real» hamisha kuchli bo'lgan. Joze Mourino davrida ham, Manuel Pellegrini paytida ham, va boshqa murabbiylar boshqaruvida ham. «Barselona» 10 yil davomida Ispaniyada hukmronlik qilgan paytda ular Evropa chempionlar ligasida ketma-ket 3 marta, Primeroda esa 2 marta g'olib chiqishgan. Ularning yutuqlaridan xursandman.
Zidanga gap yo'q. Bunday insonlar futbolga kerak. U futbolchi bo'lgan paytda qoyil qolardim, hozir ham u meni hayratga solyapti. Zidan fantastik futbolchi bo'lgan. Men u bilan bir jamoada o'ynashni istardim. Afsuski, Frantsiya terma jamoasiga qarshi o'ynash menga nasib etmagan», — dedi Gvardiola "Marca" nashriga bergan intervyusida.
«Real» va «Siti» jamoalari o'rtasidagi javob o'yini 7 avgust kuni «Etixad» stadionida o'tkaziladi. Birinchi o'yinda «shaharliklar» 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan.