"Madrid" yarimhimoyachisi Toni Kroos "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Futbolchi chap oyoq to'pig'idan jarohat olgan. Shu bois Kroos kechagi mashg'ulotlarni oxirigacha yetkaza olmadi va mashg'ulotlar bazasini tark etdi. Tibbiy ko'rikdan so'ng Tonining jarohati jiddiy deb qaralmadi.