"Real" hujumchisi Karim Benzema Chempionlar ligasi doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi javob o'yini haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Eslatib o'tamiz, "Santyago Bernabeu"dagi birinchi o'yinda ispanlar 1:2 hisobida yutqazishgandi.
"Jamoa yaxshi holatda. Endi bizda ishlash uchun vaqt bor. Chempionatdagi kabi o'ynab, "Siti"ni mag'lub eta olamiz. Bu juda muhim", — dedi Benzema.
Ma'lumot uchun, javob uchrashuvi 7 avgust, juma kuni bo'lib o'tadi.