Joriy mavsumni ijarada «Malorka»da o'tkazgan «Real Madrid»ning yaponiyalik hujumchisi Takefusa Kubo kelajagi boorasida fikr bildirdi.
«Men jahonning eng kuchli futbolchilaridan biri bo'lishni orzu qilardim. Maqsadim yo'lida ishlashdan to'xtamayman. Mening maqsadim – «Real»da o'ynash. Men barcha imkoniyatlarimni ishga solaman. Mening o'yin uslubim? Men to'pni chiziqlar orasidan qabul qilishni yoqtiraman, biroq maydon markazida o'ynash ham yoqimli. Qolaversa, driblingimni yanada yaxshilashim mumkin. Futbol bolaligimdan mening ishtiyoqimdir», – dedi Kubo.