Angliyaning "Brand Finance" konsalting kompaniyasi jahonning eng qimmat futbol brendlari reytingini tuzib chiqdi.
Birinchi o'rinni, o'tgan yilda bo'lgani kabi, Madridning «Real» klubi egalladi. Lekin bu jamoaning narxi avvalgi yilga nisbatan tushdi — 1,846 mlrd dollardan 1,572 mlrd dollarga.
Reytingda ikkinchi pog'onani «Barselona» egalladi. "Ko'k-anorranglilar"ning narxi 1,565 mlrd dollarga baholandi. Uchinchi o'rinni esa «Manchester Yunayted» band etdi (1,456 mlrd).
Jahonning eng qimmat futbol brendlari:
1 (1). «Real» (1,572 mlrd dollar)
2 (3). «Barselona» (1,565 mlrd)
3 (2). «Manchester Yunayted» (1,456 mlrd)
4 (6). «Liverpul» (1,398 mlrd)
5 (5). «Manchester Siti» (1,245 mlrd)
6 (4). «Bavariya» (1,169 mlrd)
7 (8). «PSJ» (1,071 mlrd)
8 (7). «Chelsi» (1,051 mlrd)
9 (10). «Tottenxem» (868 mln)
10 (9). «Arsenal» (796 mln)
11 (11). "Yuventus"
12 (12). "Borussiya Dortmund"
13 (14). "Atletiko Madrid"
14 (13). "Inter"
15 (21). "Leyptsig"
Izoh: Qavs ichida klubning 2019 yildagi reytingi ko'rsatilgan.