«Real» himoyachisi Marselo Junior AQSh safari chog'ida sobiq jamoadoshi Devid Bekhem bilan uchrashdi.
«U tirik afsona. Bekhem bilan birga to'p surish juda ajoyib bo'lgan edi va barchasi uchun unga rahmat. Seni juda hurmat qilaman, Devid», - deb yozdi Marselo ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o'tamiz, Bekhem 2003 yilda «MYu»dan «Real»ga o'tgan va 2007 yilga qadar madridliklar sharafini himoya qilgan edi.