GiveMeSport nashrining xabariga ko'ra, Krishtianu Ronaldu XXI asrning eng omadli penaltichisi deb topildi.
Portugaliyalik hujumchi faoliyati davomida rasmiy o'yinlarda jami 114ta golni 11 metrlik nuqtadan urgan.
Ikkinchi o'rinni Lionel Messi va Franchesko Totti bo'lishib turibdi. Ular hisobida 75ta gol bor. Tottini yaqin orada Ibrahimovich quvib o'tishi mumkin. Zlatan penaltidan 64ta gol urgan.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus"ning "Sampdoriya"ga qarshi so'nggi o'yinida Ronaldu penaltidan foydalana olmadi. Bu uning "A" Seriyadagi ilk amaoga oshirilmagan penaltisi edi.