Madridning "Real" klubi himoyachisi Marselo jarohatidan to'liq forig' bo'ldi va EChL pley-off bosqichidan o'rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda maydonga tushishga tayyor. Bu haqda "qirollik klubi" matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, Marselo iyul oyi boshida jarohat olgandi va La Liganing so'nggi turlarinni o'tkazib yuborgandi.
"Real Madrid" – "Siti" o'yini 7 avgust kuni Manchesterda bo'lib o'tadi. Dastlabki bahsda "Santyago Bernabeu"da "shaharliklar 2:1 hisobida g'alaba qozongan.