«Real» yarim himoyachisi Eden Azar va himoyachisi Marselo jarohatidan forig' bo'lishdi. Ular jamoaning bugun mashg'ulotida ishtirok etishdi.
Har ikki futbolchi Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida bo'ladigan «Manchester Siti»ga qarshi o'yinga to'liq tayyor bo'lishadi.
Marselo mushagidan olgan jarohat tufayli La liganing so'nggi turlarida ishtirok etmagan bo'lsa, Azar to'pig'ida og'riq his qilayotgan edi.