«Real» hujumchisi Mariano Dias koronavirusga chalindi, deya xabar tarqatdi madridliklar rasmiy sayti.
Dominikanlik futbolchi topshirgan test musbat natija berdi. Shuning uchun u hozirda uyida o'tiribdi va klub mashg'ulotlarida ishtirok etmayapti. Mariano o'zini yaxshi his qilmoqda.
U bilan muloqotda bo'lganlar ham karantinga olinadimi yoki yo'qmi, bu haqda ma'lumot berilmagan. O'tgan haftada Ispaniyada, jumladan, Madridda Covid-19ning yangi to'lqini yuzaga keldi.
Eslatib o'tamiz, «Real» 7 avgust kuni Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi javob uchrashuvini o'tkazadi.