Ijara asosida «Bavariya»ga o'tgan «Real» yarim himoyachisi Xames Rodriges matbuotda uning nomidan e'lon qilingan so'zlarni inkor qildi. Kolumbiyalik futbolchi «Bavariya»ni «Real»dan ham buyukroq jamoa deb atab, myunxenliklar safida ham yulduzlar ko'p ekani haqida ta'kidlagandi.
«Bu yolg'on, men bunday deb gapirmaganman. Men «Real»ni qattiq hurmat qilaman. Iltimos, meni tinch qo'ying, men Ispaniyani tark etganman. Rahmat», – deb yozdi Xames o'zining Tvitterdagi sahifasida.