Lalaziosiamonoi.it nashrining xabar berishicha, "Latsio" "Real" hujumchisi Borxa Mayoralni sotib olishga yaqin turibdi.
Rim klubi allaqachon futbolchining agenti bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan.
Hujumchi Italiyada bir mavsumda 2 million evro ishlab topadi.
Endilikda "Latsio" "Real" bilan transfer shartlarini kelishib olishi kerak.
Xabar qilinishicha Madrid klubi hujumchi uchun 20 million evro so'ramoqda.