Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Atletiko” muxlislari kimdan nafratlanadi? (top 5)

.
- Yuklab olish

Madridning “Atletiko” jamoasi muxlislari har jabhada boshqa muxlislardan tubdan farq qiladi. Ayniqsa, jamoa tepasiga Diego Simione kelgach, muxlislar soni va agressiyasi keskin ko'tarilib ketdi. Endilikda, klub o'z futbolchilarini qadrlash borasida barcha grandlarga o'rnak bo'lmoqda. Shunday bo'lsada, ularning g'azabani qo'zg'atganlar ham yo'q emas. Bugun klub fanatlari tomonidan “dushman” deb e'lon qilingan futbolchilar bilan tanishtirib o'tamiz.


5-o'rin. Santyago Solari (1999-2000)

1999-yilning yanvar oyida Solari “matraschilar” bilan shartnomani 5 yilga uzaytiradi. Bundan tashqari, klub muxlislari uni o'zlariga yaqin olgani bois “el Indio” deb nomlashni boshlaydi. Uning nomi tushirilgan futbolkalar sotuvi ham keskin ko'tarilib ketadi.

Afsuski, “Atletiko” uzoq yillik tanaffusdan so'ng, “Segunda”ga ravona bo'ladi. Klub muxlislari futbolchilarni ko'nglini ko'tarish maqsadida ular bilan “Segunda”da qolishga tayyorligini ma'lum qilishgan bo'lsada, Solari kutilmagan qarorga keladi. Qahramonimiz barcha birlashishi kutilgan bir vaqtda, “Atletiko”ning azaliy raqibi “Real” bilan shartnoma imzolaydi. Argentinalik futbolchini muxlislar “cho'kayotgan kemadan qochib ketgan kalumush” deb nomlashni boshladi. “Atletiko” “Premero”ga qaygach, ilk debida butun stadion Solarini haqorat qiluvchi banerlar bilan o'yinga tashrif buyuradi.

4-o'rin. Marselo Coco (2004-2005)

Urugvaylik futbolchi bugungi ro'yxatimizdagi nomdor futbolchilar oldida yo'q bo'lib ketishi mumkin, biroq u amalga oshirgan ish tarixdan o'rin olgan.

“Levante” bilan o'yindan so'ng, birinchi qatorda o'tirgan muxlislardan biri Marselodan nima uchun bunchalar yomon o'yin o'tkazganini so'raydi. Unga javoban Marselo muxlisning yuziga mush tushiradi. Vaziyatni kuzatib turgan futbolchilar urugvaylik jamoadoshini kiyinish xonasiga olib kirib ketishadi.

O'z muxlislarini qattiq xurmat qiluvchi klub vaziyatni shundayligicha qoldirishni istamadi. Mavsum yakunlangach, Marselo bilan o'rtadagi shartnoma bekor qilindi. Undan kaltak egan muxlisga jamoa futbolchilari bir yillik abonamentni yarashuv maqsadida taqdim etdi.

3-o'rin. Serhio Aguero (2006-2011)

Tan  olish lozim, “matraschilar” muxlislari Aguerodan juda ko'p narsa kutishgan edi. Diego Forlan bilan birgalikda klub tarixidagi eng kuchli tandemni hosil qilgan o'spirin 5 yil ichida jamoaning chinakam etakchisiga aylanishga muvaffaq bo'ldi.

2010-yilda klub Agueroni jamoada saqlab qolish qolish maqsadida u bilan o'rtadagi shartnomani 4 yilga uzaytiradi. Oradan bir yil o'tgach, Aguero jamoadan ketishga qaror qiladi. Yozda “Kopa Amerika” musobaqasiga yo'l olgan futbolchi Madridga qaytib bormaydi. To'g'r, Manchester shahriga ko'chib kelgan futbolchi klub muxlislari bilan xayrlashib ham o'tirmadi. O'z jamoadoshlari bilan ham xayrlashmay ketgan Agueroni jamoa fanatlari  kechira olmadi. Aynan o'sha voqeadan so'ng, uni klub tarixidagi eng kuchli 100 ta futbolchi ro'yxatidan o'chirib tashlashdi.

2-o'rin. Antuan Grizman (2014-2019)

Zamonaviy “Atletiko” muxlislari allaqachon Grizmanni jamoaning birinchi raqamli dushmaniga aylantirib bo'ldi. Kataloniya klubiga o'tgach, yoshligidan “Barselona” muxlisi ekanligini ma'lum qilgan Antuan barchaning g'azabiga sabab bo'ldi.

2016-yilda EChL finalida penaltini amalga oshira olmaganida ham muxlislari uni qo'llab-quvvatlashda davom etaverdi. “Metrapolitano” stadioni qurilgach, muxlislar uning sodiqligiga shubha qilmagani uchun ham Grizmanning suratini stadion peshtaxtasiga joylab qo'yilishini talab qilishdi.

2018-yildan boshlab uning “Barselona”ga o'tishi haqidagi mish-mishlar paydo bo'la boshladi. Rossiyadagi JCh oldidan Antuan hech qaerga ketmasligini rasman e'lon ham qildi. Keyin “qaror” nomli hujjatli film suratga olindi. Unda qanday qilib Antuanning “Atletiko”ga sodiq qolgani bayon etiladi.

Klub muxlislari uni boshqa futbolchilar singari katta sovrinlar ilinjida “Atletiko”ni tark etmagani uchun qattiq yaxshi ko'rib qoladi. Afsuski, hujjatli filmda aytilgan baland-parvoz so'zlar bir yildan so'ng o'z kuchini yo'qotadi.

Antuan “Barselona” libosida va klub sha'niga iliq so'zlar aytmoqda. O'sha kundan boshlab, “Atletiko” muxlislari uchun Antuan “o'lgan”. Uning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarda hali-hamon turli yoqimsiz haqoratlar yog'ilishi davom etmoqda. Afsuski, Grizman klub afsonasiga aylanishi mumkin edi, biroq endi uni faqat salbiy qahramon sifatida eslashadi.

1-o'rin. Ugo Sanches (1981-1985)

Meksikalik  Sanches o'z zamonasining eng kuchli futbolchisi edi desak, adashmagan bo'lamiz. “Atletiko” safida “La Liga” to'purariga aylangan hujumchi bir nechta sovrinlar yutishga muvaffaq bo'ladi. Klub afsonasi bo'lishiga qaramay, Ugo katta moash ilinjida “Real” bilan shartnoma imzolaydi. Uning bu qarorini muxlislar bugungi kunga qadar kechira olmaydi.

Transfer rasman e'lon qilingach, Ugo deyarli har kuni turli yomon so'zlar va tahdidlarga to'la xatlar olishni boshlaydi. Uni jamoada olib qolmagani uchun Visente Kalderon ham katta bosim ostida qolib ketadi. Vaziyat vaqt o'tishi bilan ham o'z o'rniga kelmaydi. “Real” safidagi ilk mashg'ulot kunidayoq “Atletiko” muxlislari Sanchesning mashinasini namoyishkorona yoqib yuborishadi.

To'g'ri, Sanches “Real” bilan birgalikda besh bor Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi, biroq shu yillar davomida qo'rquvda yashadi. Uni klub muxlislari hali-hamon “Sotqin Sanches” deb atashadi. Bu atama og'izdan-o'gizga ko'chib bugungi kunlarimizga qadar etib kelgan.

BestMaster
27 Iyul 2020, 23:00
“atletiko”, muxlislari, kimdan, nafratlanadi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Ха ёмон
28 Iyul 2020, 13:26
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads