«Bavariya» yarimhimoyachisi Xames Rodriges Myunxen klubini sobiq jamoasi «Real» bilan solishtirdi.
Uning gaplari «galaktikos» muxlislariga yoqmagani aniq.
«Bavariya» – xuddi «Real» kabi buyuk klubdir, balki undan ham buyukroqdir. Men har doim «Bavariya»ni hurmat qilganman.
Bu erga kelishdan oldin, myunxenliklarning tarkibiga nazar soldim, qarasam, «Real»da qancha yulduz bo'lsa, bu erda ham shunchasi bor ekan. Saviya esa bir xil!» - dedi Xames SportBild xabarida.