"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida "Real"ga qarshi bo'ladigan o'yin borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Biz munosib o'ynashimiz kerak. Biz uchun ham, "Real" uchun ham bu to'qnashuv o'ziga xos final bo'ladi. Bu o'yin uchun reja shundan iboratki, xatoga yo'l qo'ymasdan, o'z o'yinimizni namoyish etishimiz kerak.
Nazarimda, birinchi uchrashuvdagi g'alaba navbatdagi o'yinga mutlaqo ta'sir ko'rsatmaydi. O'tmishdagi o'yin o'tmishda qoldi. Motivatsiya — keyingi bosqichga o'tish hamda yaxshi o'ynab, "Real"ni mag'lub etishimiz mumkinligini isbotlash", - dedi Gvardiola Goal nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalar o'rtasida Madridda o'tkazilgan uchrashuvda "Siti" 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi. Javob bahsi 7 avgust kuni "Etixad" stadionida bo'lib o'tadi.