"Monako" vitse-prezidenti Vadim Vasilev Kilian Mbappe bilan yuzaga kelgan vaziyat haqida gapirib o'tdi.
"Shuni aytishim mumkin: biz na "Real" bilan na boshqa klub bilan kelishuvga erishganimiz yo'q. Xa, biz futbolchi uchun juda ko'p so'rayapmiz, bu to'g'ri. Ammo Mbappe - Yevropaning eng umidli futbolchisi, uni hamma o'z jamoasida ko'rgisi keladi. Hozirda OAV diqqati unda, ammo bizning maqsadimiz Mbappe bilan shartnomani uzaytirish. Kilian xayotidagi eng muhim qarorni qabul qilishi kerak. Shoshilish kerak emas, vaqt yetarli. U OAV katta bosimida qolishi mumkin, qolmoqda ham. Unutmang u hali 18 yosh. Xotirjamlik saqlab qolib qaror qabul qilishi kerak. Qaytaraman biz hech qaysi klub bilan kelishuvga erishmadik, "Monako" shartnomani uzaytirishni xohlaydi." - deydi Vasilev.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Marca nashri "Real" va "Monako" Mbappe transferini kelishib olganligi haqida xabar berib o'tgan edi.