Madridning "Real" klubi himoyachi Marseloning jamoadan ketishiga to'sqinlik qilmaydi. Bu haqda ABC nashri yozmoqda.
Marseloning "qirollik klubi" bilan yana ikki yillik shartnomasi bor. Himoyachining o'zi madridliklar safida qolishga va Ferlan Mendi bilan asosiy tarkib uchun kurashishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Marselo uchun kurashda Turinning "Yuventus" klubi asosiy da'vogar bo'lib turibdi.