Buyuk Britaniya hukumati 25 iyul, shanba kunidan boshlab Ispaniyadan tashrif buyurgan har bir kishi uchun ikki haftalik karantin e'lon qilganiga qaramay, «Manchester Siti» – «Real» o'yini o'z vaqtida o'tkaziladi.
"The Guardian" tarqatgan xabarga ko'ra, Britaniya hukumati qabul qilgan qaror sport jamoalari va suratga olish guruhlariga taalluqli emas. Bu haqda madaniyat vaziri Oliver Douden xabar berdi.
«Man Siti» – «Real» uchrashuvi 7 avgust kuni «Etixad» stadionida o'tkaziladi. Madridda o'tkazilgan dastlabki o'yinda mankunianliklar 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi.