25 iyul, shanba kunidan boshlab Buyuk Britaniya hukumati Ispaniyadan tashrif buyurgan har bir kishi uchun ikki haftalik karantin e'lon qildi. Boisi, Ispaniyada koronavirus bilan bog'liq vaziyat yomonlashdi.
Ushbu qaror 7 avgust kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasidagi «Manchester Siti» va «Real» javob uchrashuvini o'tkazishga ta'sir ko'rsatishi mumkin.
"AS" tarqatgan xabarga ko'ra, UEFA yakshanba kuni Britaniya hukumati bilan mazkur muammoni hal qilish bo'yicha muzokara boshlaydi.
Eslatib o'tamiz, Madridda o'tkazilgan dastlabki o'yinda "Siti" 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi. Ushbu juftlik g'olibi chorak finalda «Lion» — «Yuventus» bahsi g'olibi bilan to'qnash keladi.