«Real» yarim himoyachisi Toni Kroos jamoa hujumchisi Garet Beyl bilan bog'liq vaziyat yuzasidan fikr bildirdi. Uelslik futbolchining «Qirollik klubi» bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan bo'lib, Beyl uning oxiriga qadar jamoada qolmoqchi.
«Bu vaziyat barcha uchun qoniqarsiz. Albatta, Beyl bunchalik kam o'yinda ishtirok etishi uchun xarid qilinmagan. O'ylashimcha, Garet o'tgan yilning yozida jamoadan ketishni istagandi. Klub dastlab bunga rozi bo'ldiyu, keyin o'z fikrini o'zgartirdi.
U klubdan xafa bo'lganmi yoki yo'qmi, bilmadim, lekin bu murakkab vaziyat ekani aniq.
Jamoada muhit yaxshi, Beyl so'nggi 6 yilda sovrinlarni yutishimizda bizga yordam berdi. Kundalik hayotda Garet bilan bog'liq muammo yo'q. Biz uni hurmat qilamiz», — dedi Kroos.