Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Takefusa Kubo keyingi mavsumni ham ijara asosida boshqa jamoada o'tkazishi mumkin.
19 yoshli yaponiyalik futbolchi xizmatiga "Sevilya" klubi qiziqish bildirmoqda. Andalusiyaliklar futbolchini sotib olish huquqi bilan bir yildan ko'proqqa ijaraga olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Kuboga shuningdek, "Real Sosedad" va "Milan" klublari ham qiziqish bildirmoqda. San-sebastyanliklar futbolchi borasida "qirollik klubi"ga rasmiy taklif yuborishga ham ulgurgan.
Ma'lumot uchun, joriy mavsumni Kubo ijara asosida "Malorka"da o'tkazdi. U 35ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va 5ta golga assistentlik qildi.