«Real» rahbariyati 2020/21 yilgi mavsumda o'yinchilarning maoshini qisqartirishga tayyorgarlik ko'rmoqda, deya xabar tarqatdi "Marca" nashri.
Agar La liga o'yinlariga tomoshabinlar qaytarilmasa, klub zarar ko'rishda davom etadi. «Madrid» bir necha nafar o'yinchilarni sotish orqali 200 million evro miqdorida daromad olmoqchi. Ammo bu ham etarli bo'lmasligi mumkin.
Koronavirus pandemiyasi davridan boshlab joriy qilingan maoshlarni 10%ga qisqartirish amaliyoti yangi mavsumda ham davom ettirilishi mumkin. Ehtiyoj tug'ilsa, qisqartirish foizi yanada oshirilishi mumkin.
"Marca"ga ko'ra, o'yinchilar bu borada "Real"ni qo'llab-quvvatlashga tayyor.