Mavsumning qolgan qismini "Ovedo"da ijaraga o'tkazgan, jamoaga Segundada qolishi uchun yordam bergan "Real" posboni Andrey Lunin o'zining instagramida xayrlashuv xabarini yozdi. Aftidan, keyingi mavsumda Andrey haqiqatan ham Madridda qoladi.
"Ajoyib mavsum o'z nihoyasiga etdi. Men "Real Ovedo"ga, 6 oy davomida birga bo'lgan o'yinchilar va murabbiylar shtabiga tashakkur aytmoqchiman. Bu erda juda ko'p tajribaga ega bo'ldim va bu klub, ushbu shahar sharafini himoya qilish yoqimli bo'ldi. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur, ushbu klub va shaharda baxtiyor edim. Sizga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman, chunki siz yanada ko'prog'iga loyiqsiz", - deb yozdi Andrey.