Madridning "Real" klubi hujumchisi Luka Yovich faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Ispaniya matbuoti yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, serbiyalik forvard xizmatiga "Nyukasl" klubi qiziqish bildirmoqda. "Qarg'alar" hujumchini ijaraga olish haqida o'ylamoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Yovichni "Monako" o'z safiga qo'shib olishni istayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.