Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Luka Modrich jamoadoshlari Serxio Ramos va Karim Benzema haqida gapirdi.
«Mening ukam Serxio — haqiqiy fenomen. Buni shunchaki gapirmayapman. Sakkiz yildan buyon munosabatlarimiz juda qalin, oila a'zolarimiz bilan birgalikda aylanamiz, birga ta'tilga boramiz. Serxio bilan fantastik tajriba to'pladik va jamoa bilan shunga yarasha muvaffaqiyat qozondik.
Nihoyat biz futbolchilar anchadan buyon bilib kelgan narsani barcha tushunib etdi. Karim Benzema — eng yaxshi hujumchi, u bilan o'ynash yoqimli. Uning o'yinni tushunishi, raqib himoyasidagi tartibni buzib yuboruvchi harakatlari o'ziga xos. Benzema har doim jamoa uchun foydali ishlar qiladi. Odamlar uning mahoratini tan olgani va Karim olqishlarga sazovor bo'lganidan juda xursandman. U anchadan buyon bunga loyiq edi», — deydi Modrich.
Eslatib o'tamiz, «Real» La Liga 2019/20 yilgi mavsumida «Barselona»dan 5 ochko ilgarilab chempionlikni qo'lga kiritdi. Bu madridliklar uchun Primeradagi 34-chempionlik bo'ldi.