"Real" yozgi transfer paytida tarkibda yaxshigina tozalash ishlarini olib bormoqchi.
"Marca" tarqatgan xabarga ko'ra, 11 nafar futbolchi ijaradan qaytganidan keyin "Madrid"ning tarkibi 37 o'yinchiga etadi. Shu bois, klub futbolchilarning 13 nafarini sotib yuborishni rejalashtirmoqda.
"Qaymoqranglilar" transferga qo'ymoqchi yoki ijaraga bermoqchi bo'lgan o'yinchilar orasida Xames Rodriges, Garet Beyl, Luka Yovich, Mariano Dias, Luka Modrich, Nacho Fernandes, Lukas Vaskes, Dani Sebalos, Alvaro Odriosola, Oskar Rodriges, Xesus Valexo, Borxa Mayoral va Xorxe de Frutos kabilar bor.
Ushbu o'yinchilarni sotish orqali "Real" kamida 200 million evro daromad olmoqchi.