«Manchester Siti» hujumchisi Serxio Aguero mashg'ulotlarga kirishdi. "Daily Mail" tarqatgan xabarga ko'ra, argentinalik futbolchi bir kunda 3 mahal mashg'ulotda ishtirok etmoqda.
Serxio Aguero tizzasidan olgan jarohat tufayli jarrohlik stoliga yotishga majbur bo'lgandi. Shu tufayli u bir oy davomida jamoasining APL doirasida 7ta o'yinida ishtirok eta olmadi. Endi hujumchi «Real»ga qarshi bo'ladigan Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi javob o'yinida jamoasiga yordam berish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilmoqda.
32 yoshli Aguero hozircha velotrenajerda ishlamoqda. Lekin yaqin kunlarda maydonda shug'ullanishni boshlashi kerak.
«Manchester Siti» — «Real» uchrashuvi 7 avgust kuni bo'lib o'tadi.